Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda ikki konchining jasadi topildi
Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Tosh-Ko‘mir shahridagi tumanlardan birida joylashgan shaxta ichidan ikki konchining jasadini olib chiqishgan, yana ikki nafar inson kasalxonaga olib ketilgan. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bergan.
Kuni kecha FVV “Shimoliy” ko‘mir konida o‘pirilish sodir bo‘lganini ma'lum qilgandi. Voqea juma kuni yuz bergan. Bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlariga maxsus qidiruv-qutqaruv bo‘linmalari mutaxassislari jalb etildi.
“Qidiruv ishlari davomida ikki fuqaroning jasadi topildi. Ular o‘likxonaga yetkazildi”, - deya xabar berdi matbuot xizmati. Yana bir konchi og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan.
“To‘rtinchi konchini qidiruv ishlari 11 soatdan ortiq davom etdi. U tirik holda topildi va Tosh-Ko‘mir kasalxonasiga olib ketildi”, - deya xabar qilishgan FVVda.
Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, barcha to‘rt inson noqonuniy tarzda ko‘mir qazib olish bilan shug‘ullangan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026