Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi to‘y vaqtida daraxtning qulashi bir kishini halok qildi
Foto: @iCbass7 / Twitter
To‘y marosimi vaqtida daraxtning qulab ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, besh kishi esa jarohat oldi. Voqea joyidan olingan video 18 dekabr kuni AQShning Kaliforniya shtatidagi Los-Anjyeles okrug yong‘in xavfsizlik bo‘limining Twitter’dagi mikroblogida e'lon qilindi.
KTLA telekanalining ma'lum qilishicha, voqea 17 dekabr kuni, mahalliy vaqt bilan 16:45da Uitter shahridagi Penn parkida sodir bo‘ldi. Marosimda 20ga yaqin kishi ishtirok etgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular daraxt tagida turishgan, shunda ulkan daraxt odamlar ustiga qulagan. Yana bir guvohning so‘zlariga ko‘ra, daraxt ikkiga bo‘linib ketgan.
Voqea joyiga qutqaruvchilar va oltita tez yordam mashinasi yetib kelgan. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ayrimlari shifoxonaga yotqizilgan. The Seattle Times ma'lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlarning ikki nafari og‘ir ahvolda, uch nafari esa turli darajada jarohat olgan.
Daraxtning qulash sabablari va qurbon bo‘lganlar haqida aniq ma'lumotlar berilmagan.
Mavzuga oid
03:54
Tramp Putin yolg‘onchilikda ayblangan maqolani repost qildi
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
09:21 / 31.12.2025
AQSh va Fransiya Ukrainaning Putin qarorgohiga hujumi haqidagi da’volarga shubha bilan qaramoqda
18:03 / 30.12.2025