Chechenistonda politsiya va bosqinchilar o‘rtasida otishma bo‘ldi (Video)
Checheniston poytaxtida o‘tgan yakshanba oqshomida politsiya xodimlariga hujum qilgan bosqinchilar guruhi yo‘q qilindi. Ulardan to‘rt nafari o‘ldirilgan, ikki nafari esa turli darajadagi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Politsiya xodimlari ichida hech kim jabrlanmagan, faqat bir nafar yo‘l patrul xizmati xodimi bosqinchilar tomonidan yaralangan. Tinch aholi vakillaridan ham hech kim jabrlanmagan.
Bosqinchilarning shaxsini o‘rganish borasida zarur choralar ko‘rilmoqda.
YouTube’ning wolf95 nikli foydalanuvchisi politsiya xodimlari va bosqinchilar bilan bo‘lgan otishma tasvirlangan videoni taqdim etdi.
Grozniydagi operatsiya yakuni haqida mamlakat rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi o‘z sahifasida gapirib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bosqinchilar tunda “huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini qirib tashlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan”.
“Tezkor ravishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar ehtimoliy qurbonlarning oldini oldi”, - dedi Qodirov.
Mavzuga oid
14:56 / 17.11.2024
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
15:10 / 12.11.2024
Zarema Musayevaga nisbatan yangi jinoiy ish ochildi
11:41 / 11.11.2024
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
12:27 / 06.11.2024