Jahon | 00:45 / 18.12.2016
27839
6 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya beshinchi yil sobiq rahbarisiz

5 yil avval, 2011 yil 17 dekabrda Shimoliy Koreyaning marhum sobiq rahbari Kim Chen Ir vafot etgan. U hayotining oxirgi 15 yilida Shimoliy Koreyaning Buyuk rahbari deb atalgan. Shimoliy Koreyaning qat'iy kommunistik tuzumi yetakchisi va hozirgi qo‘rinishdagi Shimoliy Koreyaning yaratuvchisi  Kim Ir Senning o‘g‘li Kim Chen Ir butun dunyoga 21-asrda, dunyo torroq va tezroq, axborotga ega bo‘lish mumkin bo‘layotgan bir vaqtda ham bu zamonaviy jihatlardan mahrum bo‘lgan davlatni qurish mumkinligini isbotlagan. Kim Chen Ir Shimoliy Koreyani ocharchilikni doimiy kutish, biroq harbiy atom dasturiga egalikdan faxrlanish holatida qoldirdi. Bu dastur Kim Chen Ir vaqtida xalqaro hamjamiyat bilan savdolashish predmeti bo‘lib kelgan, biroq undan Pxenyanda dunyodagi eng zaif iqtisodiyotlardan biri bo‘lgan iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga zaxiralar qolmagandagina foydalanilgan. Uning o‘g‘li, Shimoliy Koreyaning hozirgi rahbari Kim Chen In ham otasining siyosatini davom ettirmoqda.

AFP

Kim Chen Irning oxirgi yo‘li

Korean Central News Agency via Korea News Service

Yosh Kim Chen Ir (chapda). Kim Chen Ir 1941 yil 16 fevralda (rasmiy biografiyasiga ko‘ra, 1942 yil 16 fevral) Kim Ir Sen (markazda) va Kim Chen Suk (o‘ngda) oilasida tug‘ilgan.

Korean Central News Agency via Korea News Service

U (chapda) otasi, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Ir Sen va uning singlisi Kim Keng Xui bilan, 1963 yil. Kim Chen Ir 1945 yilgacha umrini Sobiq ittifoqdagi Vyatskiy qishlog‘ida o‘tkazgan, 

Korean Central News Agency via Korea News Service

Kim Chen Ir dehqonlar bilan suhbatlashmoqda, 1971 yil

Korean Central News Agency via Korea News Service

U mudofaaning 2-milliy sport jamoasi o‘q otish mashqlarini kuzatmoqda

Korean Central News Agency via Korea News Service

Kim Chen Ir Pxenyandagi ko‘ngilochar bog‘da samolyotni tekshirmoqda, 1977 yil

AFP

Kim Chen Ir o‘z xonasida

Korean Central News Agency via Korea News Service

Kim Chen Ir hujjatli film suratga olinishi vaqtida o‘z maslahatlarini bermoqda, 1979 yil. Uning asarlari Shimoliy Koreyada mumtoz asarlar hisoblanadi.

Korean Central News Agency via Korea News Service

Kim Ir Sen (o‘ngda) va Kim Chen Ir (markazda) Pxenyandagi ko‘chalardan biridagi miniatyuraga qarashmoqda.

AP/APTN

Kim Chen Ir Koreya mehnat partiyasi qurultoyida qarsak chalmoqda. 1980-yillardan Kim Chen Irning biografiyasi maktablarda o‘rganiladigan rasmiy fan bo‘lgan. Mamlakatdagi barcha kitob va maqolalar uning ishlaridan olingan iqtiboslar bilan boshlanadi, uning nomi esa bosma nashrlarda maxsus qora yo‘g‘on shrift bilan teriladi, 1980 yil.

Korean Central News Agency/Korea News Service via AP

Kim Ir Sen o‘g‘li Kim Chen Ir bilan Pxenyandagi futbol stadionida, 1989 yil.

Korean News Service/AP

Bola Kim Chen Irning Pxenyandagi harbiy maktabga tashrifi vaqtida uning bo‘yniga sharf bog‘lamoqda. Shimoliy Koreyada Kim Chen Ir ajoyib kompozitor hisoblanadi, 1977 yil.

Korean Central News Agency/Korea News Service via AP

Kim Chen Ir otasi Kim Ir Senning 90 yilligi va Shimoliy Koreya xalq armiyasining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan harbiy paradda xalqni olqishlamoqda, 2002 yil

RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kim Chen Ir bilan birga Kreml saroyining Vladimir zalida, 2001 yil.

AR

Kim Chen Ir

KNS/AFP

Kim Chen Ir plastmassa buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodda, 2010 yil

Korean Central News Agency/Korea News Service via AP

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va Kim Chen Ir Pxenyanda, 2009 yil.

Korean Central News Agency/Korea News Service via AP

Kim Chen Ir Pxenyandagi yangi xonadonga ko‘chib o‘tgan artistning qarindoshlari ijrosidagi qo‘shiqni tinglamoqda, 2010 yil 

Vincent Yu, File/AR

Kim Chen Ir (o‘ngda) harbiy paradda o‘zining o‘g‘li Kim Chjon Inga qaramoqda, 2010 yil.

Xinhua, Yao Dawei/AR

Kim Chen Irning oxirgi suratlaridan biri. Pxenyanda Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashuv, 2011 yil.

KRT via Reuters TV/Reuters

2011 yil 19 dekabr. Shimoliy Koreya davlat televideniyesi boshlovchisi Kim Chen Ir vafotini ko‘zda yoshlar bilan e'lon qilmoqda.

Ahn Young-joon/AR

2011 yil 19 dekabr. Janubiy Koreya aholisi gazetalardagi Kim Chen Irning vafoti haqidagi ma'lumotni o‘qimoqdalar. Gazetadagi sarlavhada "Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Ir vafot etdi" deb yozilgan. 

Kyodo/Reuters

2011 yil 19 dekabr. Pxenyan aholisi o‘z yetakchisi vafotidan iztirobda.

 Jae C. Hong/AR

2011 yil 19 dekabr. Los-Anjyelesda yashovchi koreyalik muhojir sobiq vatani yetakchisi vafotidan unchalik ham xafa emas.

Kyodo/Reuters

2011 yil 19 dekabr. Pxenyan aholisi yetakchisini yo‘qotish g‘am-anduhidan oyoqda turolmay qolgan.

 

Mavzuga oid