Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston agrar partiyasi prezidentlikka o‘z nomzodini taklif qildi
Turkmaniston agrar partiyasi 17 dekabrda mamlakat prezidenti lavozimiga o‘zining hududiy bo‘limlaridan birining rahbari Durdiklich O‘razov nomzodini ilgari surdi, deb xabar bermoqda Turkmaniston televideniyesi.
Shu tariqa, Turkmanistonning barcha uchta partiyasi 12 fevralga belgilangan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodlarini taklif qilib bo‘ldi. Ulardan biri, mamlakatning amaldagi prezidenti, Demokratik partiyadan Gurbanguli Berdimuxamedov hisoblanadi.
Agrar partiya faollari O‘razovning tashkilotchilik qobiliyatlari, professionalligi va katta ish tajribasiga egaligini qayd qilib o‘tganlar. O‘razov esa o‘z navbatida, partiyadoshlariga ularning ishonchini oqlash uchun bor kuchini berishga va'da bergan.
Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi 24 dekabrdan nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlaydi, shundan keyin nomzodlar OAVda chiqishlarni va saylovchilar bilan uchrashishni boshlaydilar
Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, Turkmaniston prezidenti etib Turkmanistonda tug‘ilgan, 40 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini biladigan, oxirgi 15 yil ichida Turkmanistonda doimiy ravishda yashagan va ishlagan fuqaro saylana oladi. Prezident 7 yilga saylanadi.
Mavzuga oid
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025