Jamiyat | 21:25 / 18.12.2016
19681
2 daqiqa o‘qiladi

Yuriy Nikulin tavalludining 95 yilligi

Foto: © RIA Novosti

18 dekabrda SSSR xalq artisti, sirk va kino aktyori — Yuriy Nikulin tavalludining 95 yilligi nishonlanadi. U 1921 yilda tug‘ilgan, fin va Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Demobilizatsiyadan so‘ng VGIK (Butunrossiya davlat kinomatografiya instituti) tarkibiga kirishga harakat qiladi— biroq aktyorlik qobiliyatlari bo‘lmagani sababli qabul qilinmaydi. Qabul komissiyasi a'zolari shu qarorga kelishadi.

Foto: © RIA Novosti

Nikulinni esa Rangli xiyobonida joylashgan Moskva sirki qoshidagi klounlar studiyasiga qabul qilishadi — u aynan shu sirk bilan uzoq vaqt hayotining yarim asrini bog‘laydi. Studiyani tamomlagach, taniqli kloun Qalam (asl ismi Mixayl Nikolayevich Rumyantsev) qo‘lida shogirdlikga tushadi, keyin esa Mixail Shuydin bilan sheriklikda ishlaydi, 1982 yilda esa direktorga aylanadi. Nikulinga shuhratni nafaqat klounlikdagi sovrinlar, balki kinodagi rollar ham olib keldi. 

Foto: © RIA Novosti
Foto: © RIA Novosti

U 50 yillar oxirida suratga tushishni boshlaydi. Leonid Gaydayning komediyasidagi Landovur roli bilan unitilmas qahramonga aylanadi. Shuningdek, «Brilliant qo‘l» va «Qaroqchi chollar» filmlarida ham ajoyib rollar ijro etadi. Biroq kino Nikulinning dramatik mahoratini ham ochib berdi. Bularga urush haqida filmlar — «Ular Vatan uchun kurashishdi», «Urushsiz 20 kun», «Andrey Rublyov» , «Bu yerga kel, Muxtor!» dramasini misol qilish mumkin.

Foto: © RIA Novosti

Biroq uning uchun sirk muhim maskanlardan biri bo‘lib qoldi — Yuriy Nikulin uni vafotiga qadar boshqarib keldi. Uning davrida sirkning yangi binosi qurilgan. Aktyor 1997 yil yurak operatsiyasidan so‘ng ahvoli og‘irlashgani tufayli vafot etadi. 

Foto: © RIA Novosti

Mavzuga oid