Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 dekabrda Istanbulda antiqa tunnel ochiladi
20 dekabrda Turkiyada "Yevrosiyo" avtomobil tunneli ochilishi rasmiy marosimi bo‘lib o‘tadi.
"Anadolu" axborot agentligi ma'lum qilishicha, tunnelning ochilish marosimida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, bosh vazir Binali Yildirim, ko‘plab xorijiy davlatlar, hukumatlar, vazirliklar rahbarlari darajasidagi yuqori martabali mehmonlar ishtirok etadi.
Marosim mahalliy vaqt bilan soat 14:00da boshalanadi.
Yevrosiyo avtomobil tunneli evaziga Istanbulning Kazlicheshme (Yevropa) va Goztepe (Osiyo) tumanlari o‘rtasidagi yo‘l 90 daqiqadan 15 daqiqagacha kamayadi.
Loyiha birinchi navbatda suv osti avtomobil yo‘li orqali Istanbulning Yevropa va Osiyodagi qismlarini bog‘lashga qaratilgan.
Bu tunnel dengiz ostida bunday chuqurlikdan o‘tkazilayotgan dunyodagi birinchi tunneldir.
Uni qurish ishlari Bosfor ko‘rfazida 106 metr chuqurlikda olib borilgan. Tunnelning uzunligi 14,6 km ni tashkil qiladi, uning 5,4 km lik qismi suv ostidan o‘tadi. Loyihaning umumiy qiymati 1,25 mlrd dollarga baholangan. Tunnel 4 ta shossedan iborat.

Mavzuga oid
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
09:41 / 13.03.2026