Jamiyat | 08:45 / 19.12.2016
4609
3 daqiqa o‘qiladi

DPA: Turkiyada nemis maktabida Rojdestvo nishonlash taqiqlab qo‘yildi

Turkiya hukumati Istanbuldagi nufuzli nemis maktabi – "Lisesi" gimnaziyasi o‘quvchilarini Rojdestvoni nishonlash imkoniyatidan mahrum qildi. DPA axborot agentligi ma'lum qilishicha, litsey o‘qituvchilariga mashg‘ulotlarda Rojdestvo mavzusida suhbat qilish taqiqlab qo‘yilgan. Bundan tashqari, o‘quvchilar Germaniyaning Istanbuldagi bosh konsulligida ham an'anaviy konsert berisha olmaydi, vaholanki ular bu konsertga  bir necha oy tayinlashgan.  

Germaniya-Turkiya hukumatlararo kelishuvi doirasida germaniyalik o‘nlab mutaxassislar ishlaydigan "Lisesi" gimnaziyasi Turkiyadagi eng yaxshi maktablardan biri hisoblanadi. Xorijiy o‘qituvchilar maktabning turk ma'muriyati va mamlakat ta'lim vazirligiga bo‘ysunishadi. Maktabda ta'lim beruvchi murabbiylarning aytishicha, Rojdestvo tantanalarining bekor qilinishiga maxsus buyruq sabab bo‘lgan. "Maktab ma'muriyatining xabar berishicha, ayni vaqtdan boshlab ta'lim berish doirasida Rojdestvoning nishonlanishi va nasroniy urf-odatlar haqida so‘zlash taqiqlanadi", deb aytilgan nemis o‘qituvchilar maktubida. Shu bilan birga qo‘shiq aytish ham taqiqlab qo‘yildi.   

Berlinda ta'kidlanishicha, bu qadam kelishuvga ko‘ra Anqara olgan majburiyatlarga zid keladi. Kelishuvga ko‘ra, Germaniya nafaqat Turkiyaga o‘qituvchilarni jo‘natadi, balki ularga o‘z byudjyetidan maosh to‘laydi va bunga millionlab yevro sarflaydi. Germaniya tashqi ishlar vazirligida turkiyalik hamkorlarning bu harakatlari "taajjub uyg‘otgan". "Afsus, Rojdestvo oldi madaniy almashuv yaxshi an'anasi bu yilda to‘xtatildi. Biz buni albatta muhokama qilamiz", deb aytilgan vazirlikda  

Gimnaziyada asosan turkiyalik o‘quvchilar tahsil oladi. Bu gimnaziya avval ham mojarolar markazida qolgandi. O‘tgan yili o‘qituvchilardan biri bir necha o‘quvchilar uni islom dini obro‘sini to‘kuvchi gaplarni aytishda ayblaganlaridan keyin boshqa ta'lim muassasasiga o‘tkazilgandi. 2015 yil bitiruv tantanalarida o‘quvchilar hukumat tomonidan belgilangan yangi direktorga namoyishkorona tarzda orqalarini o‘girib olganlar. Shu marosimda yangi direktor Germaniya bosh konsulidan bitiruvchilarga nutq bilan murojaat qilmasligini talab qilgandan keyin, nemis diplomati norozilik sifatida marosimni tark etgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid