Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkeyn AQSh jahon yetakchiligini boy bergani uchun qayg‘urmoqda
Foto: cnn.com
AQSh prezident Barak Obama boshqaruvi davrida jahon yetakchiligini qo‘ldan boy berdi, deb hisoblamoqda Jon Makkeyn. Arizona shtatidan respublikachi senator CNN telekanaliga bergan intervyusida shunday bayonot bergan.
Makkeyn o‘z fikrlariga dalil sifatida rossiyalik xakerlarning Demokratik partiya serverlariga hujum qilishini, Xitoyning AQSh suvosti qurilmasini egallab olishi va «Suriya hukumatining Halabda amalga oshirgan qotilligi»ni yodga olgan.
«Amerika o‘z yetakchiligini bajarmasa, ko‘plab yomon odamlar harakat qilib qoladi», — degan Makkeyn.
Senator «rossiyalik xakerlarning xurujini batafsil o‘rganuvchi» komissiya tuzish fikrini ilgari surgan. «Biz aynan qanday hujum qilingani va uning oqibatlari qanday bo‘lganini aniqlashimiz kerak. Bu, ayniqsa, saylovlarimizga ta'sir etgan bo‘lsa, muhimdir», — degan Makkeyn. U bu kabi harakatlarni «demokratiyaga tahdid» sifatida baholagan.
Mavzuga oid
22:13 / 08.02.2026
AQSh Yaqin Sharqqa harbiy yuklar tashish sur’atini oshirmoqda
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026