Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Turkiyadagi elchixonasiga qurollangan odam bostirib kirmoqchi bo‘ldi
AQShning Anqaradagi elchixonasiga qurollangan odam bostirib kirmoqchi bo‘lgan, biroq politsiyachilar uni to‘xtatib, qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu haqda Daily Sabah nashri tvitterda ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, elchixona xodimlariga birozdan keyin binoni tark etishga ruxsat berilgan. Politsiya elchixona yaqinidagi hududni kuchaytirilgan nazoratga olgan.
AQSh Davlat departamenti Turkiyadagi elchixonasi oldida otishma yuz berganini tasdiqlagan.
"Qo‘lida to‘pponchasi bo‘lgan odam Anqaradagi elchixonamizga kiraverish oldida bir necha marta o‘q uzishi vaqtida hech kim jabrlanmagan. Turk politsiyasi bosqinchini qo‘lga olgan va tergov boshlagan. Biz amalga oshirilgan tezkor harakatlarni yuqori baholaymiz", deb aytgan AQSh Davlat departamenti vakili.
19 dekabrda Anqarada Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovga suiqasd qilingan. Qotil elchiga to‘pponchadan bir nechta o‘q uzgan. Elchi olingan og‘ir jarohatlardan vafot etgan.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
12:30 / 06.03.2026
NATO Eron xavfi ortidan raketaga qarshi mudofaani kuchaytiradi
08:51 / 30.01.2026
Anqarada “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi, Istanbulda o‘zbek maktabi qurilishiga start berildi
07:45 / 20.09.2025