Jahon | 13:13 / 20.12.2016
5816
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya va Fransiya hamkorlikda suvosti kemalari barpo etadi

Foto: © AP

Avstraliya va Fransiya 12ta suvosti kemasini qurish bo‘yicha kelishuvni imzoladi, deb xabar qilmoqda Assoshieyted Press agentligi.

Kelishuvga Avstraliya tomonidan bosh vazir Malkolm Ternbull, Fransiya tomonidan mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian imzo chekkan. Bitimni imzolash marosimi mazkur ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan Adelaida sanoat shahrida bo‘lib o‘tgan. 

"Xavfsizlik butun dunyoda shartlidir, shu boisdan biz flotimiz va mudofaa kuchlarimizni qayta jihozlash ishlarini amalga oshirmoqdamiz", — degan Avstraliya hukumati rahbari. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiya Avstraliyaga "Barrakuda" sinfidagi dizel-elektrli suvosti kemasini taklif qilgan.

Ternbullning qayd etishicha, shartnoma qiymati 41 mlrd dollarga baholanmoqda va u Avstraliya tarixidagi eng yirik kapital qurilish hisoblanadi. 2,8 ming nafarga yaqin kishi 2022 yilda boshlanadigan ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi. Suvosti kemalarini barpo qilish bo‘yicha tenderda Yaponiya va Germaniya raqiblaridan yaxshiroq taklif bildirgan Fransiyaning DCNS kompaniyasi g‘olib chiqqan edi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid