Jahon | 00:31 / 20.12.2016
12997
1 daqiqa o‘qiladi

HaberTurk: Rossiya elchisi qotili iyuldagi fitnadan keyin politsiyadan bo‘shatilgan bo‘lgan

Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning qotili Turkiya politsiyasining sobiq xodimi Mavlut Mart Altintosh bo‘lgan. U 15 iyulda mamlakatda davlat to‘ntaruviga urinish tergov qilinishi davomida huquq-tartibot muassasalaridan bo‘shatilgan bo‘lgan. Bu haqda HaberTurk yangiliklar portali ma'lum qildi

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli qotil FeTO terrorchilik tashkiloti a'zosi bo‘lgan. 

Ma'lum qilinishicha, qotil Rossiya elchisi nutq so‘zlagan ko‘rgazma joyiga u yerga yuborilgan politsiya qo‘riqlash bo‘limi xodimi ko‘rinishida kirgan. 

Qotil bino ichiga kirgach, "Rossiyadan Suriya uchun o‘ch olinishini" aytib, o‘t ochgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid