Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Anqarada Rossiya elchisi o‘ldirilishiga guvoh bo‘ldi
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Ulfat Qodirov rossiyalik hamkasbi Andrey Karlov o‘ldirilgan ko‘rgazmada ishtirok etgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi Ibrohim Junusov feysbukdagi sahifasida aytib o‘tgan.
«Biz ko‘rgazmada O‘zbekiston elchisi hamda Karlov bilan bir qatorda turib suhbatlashdik. Yonimizda qandaydir yigit aylanib yurardi. Men uni tansoqchi deb o‘yladim. Karlov so‘zga chiqishni boshlagach esa, u o‘t ochdi. U baland ovozda hamma yerga yotishi kerakligi haqida baqirdi. O‘qlari tugaganidan keyin esa qochib ketdi. Men u yerda haydovchi bilan birga edim. Ko‘rgazmada hammasi bo‘lib 150 kishi bor edi», - degan Junusov.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik elchi Andrey Karlov Turkiyaning Anqara shahrida ro‘y bergan terrorchilik akti oqibatida o‘ldirildi. BMT Xavfsizlik Kengashi qotillikni terakt deb tan oldi.
Ma'lumot uchun, ushbu hodisadan so‘ng bir qator davlatlar Turkiyadagi o‘z elchixonalarida xavfsizlik choralari kuchaytirilganini ma'lum qilishdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi esa bu borada hozircha rasmiy izoh bermagan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026