Jahon | 12:19 / 20.12.2016
34421
1 daqiqa o‘qiladi

Rada deputati Rossiya elchisi qotilini qahramon deb atadi

Ukrainaning Oliy Radasi deputati Vladimir Parasyuk Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovni o‘ldirgan shaxsni "qahramon" deb atadi. Bu haqda u o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.

"Qachonki inson o‘z jonini tanlagan g‘oyalari, bilgan haqiqati uchun qurbon qilar ekan, uni ishonch bilan QAHRAMON deb atash mumkin!", deya yozgan Parasyuk.

Deputat o‘z postiga rossiyalik 62 yoshli diplomatni ortdan turib otgan turkiyalik sobiq politsiya zobiti Mavlud Mard Oltintoshning suratini joylagan.

U post ostida izoh qoldirib, qotilni "o‘z xalqi qahramoni" deya ta'kidlagan.

Andrey Karlov Anqaradagi Zamonaviy san'atlar markazida fotoko‘rgazma ochilishi vaqtida otib o‘ldirildi. Uning qotili ham tez orada yo‘q qilindi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid