Jahon | 19:20 / 20.12.2016
11731
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya, Turkiya va Eron Suriyada tinchlik o‘rnatish kafolatini zimmasiga oladi

Foto: RIA

Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoyguning bayonot berishicha, Suriya inqirozi bo‘yicha Moskva deklaratsiyasi matni tayyorlanayotgani haqida ma'lum qildi. Rossiya, Turkiya va Eron uning kafolatlari bo‘lishadi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Ekspertlar Suriya inqiroziga barham berish bo‘yicha shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Moskva deklaratsiyasi ustida ishlamoqdalar. Bu juda muhim hujjat. AQSh va uning hamkorlari tomonidan qo‘shma harakatlar bo‘yicha kelishishga urinishlarning barchasi omadsizlikka uchradi. Ularning hech biri vaziyatga aniq ta'sir ko‘rsatmadi», — degan Shoygu eronlik hamkasbi brigada generali Husayn Dehqon bilan uchrashuvida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa va tashqi ishlar vazirlari darajasida ma'qullanadigan Deklaratsiya Suriyadagi vaziyatni hal etish bo‘yicha kafolat bo‘lishni nazarda tutadi. 

Rossiya, Eron va Turkiya mudofaa hamda tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi 20 dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tmoqda. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid