Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi YTHda Lexus bo‘laklarga bo‘linib ketdi
19 dekabr oqshomida Toshkent shahrida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhi a'zolarining yozishicha, Taraqqiyot ko‘chasida – eski ToshMIdan Toshkent aviatsiya zavodi yo‘nalishida harakatlanayotgan Lexus avtomobili halokatga uchragan.

Tarmoqda hodisa joyida olingan fotosuratlar joylashtirilgan bo‘lib, ularda zarba natijasida avtomobil ag‘darilib ketgani va yo‘l bo‘ylab uning parchalari sochilib yotganini ko‘rish mumkin.
Mashina salonida 3 yigit bo‘lgan, mo‘'jiza tufayli ularning barchasi omon qolgan.

YTH haydovchining yuqori tezlikda mashina boshqargani oqibatida yuz bergani taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
21:31 / 02.02.2026
«Nega menga cho‘pchak gapirasan?» - prezident Shayxontohur tumani IIB sobiq rahbariga tanbeh berdi
19:53 / 02.02.2026
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
18:38 / 31.01.2026