Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Almazbek Atambayev: Qirg‘izistonda biznes umuman o‘zgaradi – u eng himoyalangan bo‘ladi
«Men juda ham o‘jar insonman va o‘z maqsadimga erishdim: tegishli qonunlar qabul qilinadi, hamda Qirg‘izistonda biznes umuman o‘zgaradi – u eng himoyalangan bo‘ladi», - deya bugun ma'lum qildi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Hindistondagi biznes-forumda.
«Mening orzuim – biznes xuddi Yevropadagidek bo‘lishi kerak. Inson boy bo‘lgani sari, mamlakat ham boyib boraveradi», - deya hisoblaydi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiya bo‘yicha 11 dekabr kuni o‘tkazilgan referendumda qabul qilingan islohotlardan biri ishbilarmonni faqatgina soliq inspeksiyasi tekshirishini ko‘zda tutadi.
«Bugun Qirg‘iziston va Markaziy Osiyoda ishbilarmonlarni hamma tekshiradi – soliq idorasi ham, prokuratura ham… Endilikda prokuraturadan tergovni olib qo‘yishdi, IIVning 5-boshqarmasini tarqatib yuborishdi. U biznesni tahlikaga qo‘yish bilan band bo‘lgan. Korrupsiyaga qarshi xizmat faqat amaldorlar bilan shug‘ullanadi, soliq idorasi esa – ishbilarmonlar bilan», - deya qo‘shimcha qilgan Almazbek Atambayev.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti Hindistonga 18 dekabr kuni davlat tashrifi bilan keldi. Uning doirasida Hindiston rahbari Pranab Kumir Mukerji va bosh vazir Narendra Modi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026