Jahon | 14:46 / 21.12.2016
3788
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada saraton tufayli hayotdan ko‘z yumish holatlari 16 foizga kamaydi

Foto: TACC

Yaponiyada saraton tufayli hayotdan ko‘z yumish holatlari 2005-2015 yillarda 16 foizga kamaydi. Bu haqida mazkur statistikani yurituvchi Milliy onkologiya markazi xabariga asoslanib, TASS agentligi ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, hukumat shu davr ichida 75 yoshgacha bo‘lgan kishilarning saratondan o‘lish holatlarini ham 20 foizga kamaytirishni rejalashtirgandi, biroq bu maqsadga erisha olinmadi. 

Yaponiyada onkologik kasalliklar bilan kurashishning milliy dasturi ishlab chiqilgan. U yangi dori-darmonlar va davolash usullari, shuningdek saratonni erta bosqichlarda aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga asoslangan. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid