Jahon | 21:19 / 21.12.2016
15281
2 daqiqa o‘qiladi

Filippinda anchadan beri bo‘lmagan qotillik sodir etildi

Foto: AP

Filippinda giyohvandfurushlikka qarshi kampaniya boshlangandan beri birinchi marta gazeta jurnalisti o‘ldirildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Filippin jurnalistlar milliy ittifoqi qurbon 19 dekabrda o‘ldirilgunga qadar ikki haftacha Catanduanes News Now nashriga egalik qilgan Larri Ku bo‘lganini ma'lum qildi. Nashr mamlakatning Katanduanes deb nomlangan orol-viloyatida chop etilgan.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, jurnalist Kuning maqolasida prezident Rodrigo Duterte yo‘q qilishga va'da bergan metamfetamin giyohvand moddasi ishlab chiqarish bo‘yicha laboratoriya yaratilishi vaqtida mahalliy hukumatning beparvoligi haqida aytilgandi. 

Jurnalistlar ittifoqi prezident komissiyasini jurnalist qotillarini topishga chaqirdi va mamlakat hukumatini OAVga nisbatan munosabati uchun tanqid qildi. Ta'kidlanishicha, Filippinda oxirgi 30 yil ichida ko‘p sonda jurnalistlar o‘ldirilgan, qotilliklar bo‘yicha tergovlar esa ko‘pincha to‘liq bo‘lmagan.

Duterte oktabrda media soha vakillarini himoya qiluvchi va OAVga hujumlarni tergov qiluvchi ishchi guruh yaratilishi haqidagi farmonni imzolagandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid