Sport | 15:20 / 21.12.2016
15684
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik futbolchi Yaponiya klubi bilan shartnoma imzoladi

Foto: Google image

Qarshining «Nasaf» jamoasi yarimhimoyachi Fozil Musayev Yaponiyaning «Jubilo Ivata» klubi safiga borib qo‘shildi. Bu haqda uning agenti ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, futbolchi yapon klubi bilan 2+1ko‘rinishida shartnoma imzolagan.

«Yaponiya chempionatida ilk o‘zbek futbolchisi paydo bo‘ldi» deb rasmlar ilova qilinadi agentning yozganlarida. 

Ta'kidlab o‘tish joiz, «Jubilo Ivata»ni hozirda sobiq futbolchi Xiroshi Nanami boshqarib kelmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid