Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irkutskda «Do‘lana»dan halok bo‘lganlar soni 60 nafarga yetdi
Rossiyaning Irkutsk viloyati sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Tatyana Shkurskayaning bayonot berishicha, «Boyarishnik» eritmasidan yana ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan. Shu bilan ushbu eritmadan zaharlanib halok bo‘lganlarning umumiy soni 60 nafarga yetdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Mahalliy vaqt bilan soat 13:00da shifoxonalarda 40 kishi davolanmoqda, besh bemorga javob berilgan, o‘lim holati — 60 nafar», — degan Shkurskaya.
Avvalroq, huquq-tartibot idoralari Irkutskda «Boyarishnik» eritmasi bilan zaharlanish holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan va 11 kishini hibsga olgan edi.
O‘tgan dam olish kunlari Irkutskda do‘lananing qo‘lbola spirtli eritmasidan ommaviy zaharlanish holati qayd etilgandi.