Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Turkiyadagi elchisiga o‘limidan keyin oliy unvon berildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Turkiyada o‘ldirilgan elchisi Andrey Karlovga o‘limidan keyin Rossiya Qahramoni unvonini berdi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilindi.
"Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ko‘rsatgan matonati va jasurligi, Rossiyaning tashqi siyosiy kursini amalga oshirishdagi katta hissasi uchun Karlov Andrey Gennadevichga (o‘limidan keyin) Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni berilsin", deb aytilgan farmonda.
Karlov 19 dekabrda Anqarada fotoko‘rgazma ochilishida nutq so‘zlayotganda otib tashlangan. Ushbu hujum Rossiya tashqi ishlar vazirligida terakt deb tasniflangan.
Mavzuga oid
18:46 / 15.08.2023
Turkiyada Rossiya elchisi Karlovning o‘ldirilishida gumon qilingan shaxs ushlandi
21:25 / 09.03.2021
Turkiyada Rossiya elchisining o‘ldirilishiga aloqador kishilarga sud hukmi chiqarildi
13:39 / 08.01.2019
Turkiyada Rossiya elchisining o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan sud boshlandi
01:14 / 24.11.2018