Anqaraning alohida oğir jinoyatlar böyiça ikkinçi sudi Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlov öldirilişi böyiça iş yuzasidan ilk eşituvni boşladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Ayblanuvçilar kursisida 18 kişi bor, ulardan tört nafari Turkiyaning turli mintaqalaridagi qamoqxonalardan jonli translyatsiya orqali iştirok etmoqda.

Sud jarayoni Adliya saroyi zalida bölib ötyapti.

Avvalroq, Turkiyada elçi Karlovning öldirilişi böyiça iş yuzasidan tergov yakunlaganligi xabar qilingandi.

Andrey Karlov 2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi fotokörgazma oçilişida otib öldirildi.

Hujum politsiya xodimi, tadbirda elçini qöriqlaş bilan şuğullangan Mavlud Oltintoş tomonidan sodir etildi. U keyinçalik huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan otişmada yöq qilingan.