Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 11:53 / 21.12.2016
15358
1 daqiqa o‘qiladi
Kar va zaif eshituvchi bolalar internatida sport turniri o‘tkazildi
2016 yil 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi 106-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida voleybol, armrestling, shaxmat va stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 100dan ortiq bolalar ishtirok etdilar.
Tadbir so‘ngida Paralimpiya Assotsiatsiya tomonidan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.




