Jahon | 08:28 / 21.12.2016
3130
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada 2017 yilda mudofaa va xavfsizlik sohalari yanada ko‘proq moliyalashtiriladi

Foto: fotolia

Ukraina yuqori radasi chorshanba kuni 2017 yilga mo‘ljallangan davlat byudjyeti loyihasini qabul qildi. U kamomad hajmini yalpi ichki mahsulotning 3 foizi darajasida ko‘zda tutadi. Bunday qaror 274 parlamentariy tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ukraina parlamenti 20 oktabr kuni kelasi yilga mo‘ljallangan hamda 3 foizlik o‘sish darajasini ko‘zda tutgan davlat byudjyeti loyihasini birinchi o‘qishda tasdiqladi. Hukumat hujjati keyingi yilgi inflyatsiyani 8,1 foizlik va bir dollarni 27,2 grivnalik darajada nazarda tutgan. Unga ko‘ra gazning narxi ming kub metr uchun 245,8 dollarni tashkil qilishi mumkin.

Mamlakat prezidenti Petr Poroshenkoning taklifiga ko‘ra, mudofaa va xavfsizlik sohalarini moliyalashtirish hajmi 114 milliard grivnadan  (4,3 milliard dollar) 136 milliard grivnaga (5,1 milliard dollar) qadar oshiriladi. Bu esa YaIMning 5 foiziga teng.

Hukumat kelasi yili umumiy davlat soliqlarini oshirish niyati yo‘q. Byudjyetda ijtimoiy standartlarning ko‘paytirilishi ham ko‘zda tutilgan. 

Avvalroq, Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman eng kam oylik ish haqini ikki baravarga - 3,2 ming grivnaga (125 dollar) qadar oshirish rejalashtirilgani haqida xabar bergandi. 
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid