Jamiyat | 18:01 / 21.12.2016
12061
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Kung-fu ustasi o‘g‘rini o‘ziga xos usulda jazoladi

Xitoyda yuk mashinasi haydovchisi, kung-fu ustasi undan uyali telefonni o‘marib ketgan o‘g‘rining aqlini kiritib qo‘ydi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, erkak yuk mashinasi kabinasida o‘tirganida noma'lum yigitcha kelib, mobil telefonini yulib olgan hamda skuterda qochib qolgan.

Biroq gadjyet egasi jangovar san'atlar ustasi ekan – u yo‘lga chiqib, bir tepki bilan o‘g‘rini ag‘dargan.

Oxir-oqibat omadsiz o‘g‘ri telefonni qaytarib berishga majbur bo‘ldi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid