Jahon | 08:44 / 22.12.2016
3133
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Halab yaqinidagi gumanitar karvonga hujum qilganlarni aniqlay olmadi

Foto: Fotoğraf: Twitter

BMT tergov komissiyasi sentabr oyida Halab yaqinidagi gumanitar avtokarvonni o‘qqa tutganlarni aniqlashning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda Reuters agentligi tashkilot hisobotiga tayangan holda xabar qilmoqda

Ekspertlarning aniqlashicha, hodisaga havo hujumi sabab bo‘lgan, biroq, uning ijrochi yoki ijrochilarini topishning imkoni bo‘lmagan. Bundan tashqari, hisobotda qayd etilishicha, komissiya hujumning qasddan amalga oshirilganini tasdiqlovchi biror guvohga ega emas. 

Hujjatda yozilganidek, bu kabi hujumni amalga oshirish uchun AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya, Rossiya HKK va Suriya HHK imkoniyatga ega bo‘lgan.

Avvalroq, Rossiya prezident Vladimir Putin Suriyaning Halab shahri yaqinida BMT gumanitar avtokarvoniga kim hujum qilgani Moskvaga ma'lum ekani haqida bildirgan edi.

Suriyaning Halab shahriga insonparvarlik yuklarini olib ketayotgan avtokarvon 19 sentabrda o‘qqa tutilgan edi. 


 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid