Jahon | 21:42 / 22.12.2016
6160
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Xavfsizlik kengashi Falastindagi Isroil qurilishlari yuzasidan ovoz beradi

Foto: AFP

BMT Xavfsizlik kengashi 22 dekabr kuni Isroildan Falastin hududlari, shu jumladan Sharqiy Qudusda ham aholi punktlari qurilishiga barham berishni talab qiluvchi rezolyutsiya bo‘yicha ovoz beradi. Ushbu hujjatni Misrning tashkilotdagi doimiy vakili taqdim etgan. Loyiha bo‘yicha ovoz berish jarayoni Toshkent vaqti bilan yarim tun soat 1:00 (Nyu Yorkda 15:00)da bo‘lib o‘tadi. 

Falastinliklar Falastin hududlarida barpo etiluvchi Isroil aholi punktlarini bo‘lg‘usi davlatlarining hududida ruxsatsiz qurilayotgan uylar deb hisoblaydi va ular tinchlik muzokaralariga asosiy to‘siq deb baholanadi. 

BMTning aksar a'zolari ushbu aholi punktlarini ham noqonuniy deb topgan va Isroilni qurilish ishlarini to‘xtatishga bir necha marotaba chaqirgan edi. 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShga murojaat qilib, o‘zining veto huquqidan foydalanishni so‘ragan. 

«AQSh BMT Xavfsizlik kengashidagi Isroilga qarshi rezolyutsiyaga veto qo‘yishi lozim", - deb yozgan Netanyaxu Twitter sahifasida.

Hozircha, Oq uy ma'muriyati bunga izoh bermagan bo‘lsa-da, ayrim diplomatlar, Binyamin Netanyaxu bilan murakkab munosabatlarga ega bo‘lgan prezident Barak Obama ovoz berish jarayonida ishtirok etmaslik vositasida rezolyutsiya qabul qilinishiga yo‘l qo‘yishi mumkin, deb hisoblamoqda. 

Hujjatning qabul qilinishi uchun 9ta ovozga ega bo‘lishi, shu bilan birga, AQSh, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Xitoydan birortasining vetosiga uchramasligi kerak. 

Isroil o‘tgan oyda Sharqiy Qudusda isroilliklar uchun 500ta yangi uy barpo qurish rejasini qayta boshladi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid