Jahon | 18:04 / 22.12.2016
12173
1 daqiqa o‘qiladi

Dubayda jazmanini pichoqlab o‘ldirgan rossiyalik ayol 10 yilga qamaldi

Foto: Google image

Dubayda 34 yoshli rossiyalik ayol o‘z jazmanini o‘ldirgani uchun 10 yilga qamaldi. Ma'lum bo‘lishicha, asli kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan erkak Al Nahda tumanida 2014 yilning avgustida qotillik qurboniga aylangan.

Dubay apellyatsion sudining qaroriga ko‘ra, ayblanuvchi shuningdek o‘ldirilgan erkakning qarindoshlariga tovon puli sifatida 100 ming dirham (27 ming dollar) ham to‘lab beradi.

Jinoyat ishiga ko‘ra, mojaroga erkakning rossiyalik ayolga uylanishni istamagani sabab bo‘lgan. U ayol bilan birgalikda spirtli ichimliklar iste'mol qilib, undan katta miqdorda pullar ham olgan. Qurbonning navbatdagi tashrifi davomida mojaro yuzaga kelib, ayol jazmaniga u uxlayotgan payt oshxona pichog‘i bilan bir necha marotaba zarba bergan. Rossiyalikka litsenziyaga ega bo‘lmagan holda alkogol iste'mol qilish bo‘yicha ham ayblovlar qo‘yilgan.
 

Mavzuga oid