Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliarder prezident Tramp yana bir milliarderni ma'muriyatiga taklif qildi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp milliarder Karl Ikanni boshqaruv islohotlariga doir masalalar bo‘yicha prezidentning maxsus maslahatchisi lavozimiga taklif qildi. Bu haqda respublikachi prezidentning o‘tish shtabi ma'lum qilgan.
Bayonotda ta'kidlanishicha, ushbu lavozim hukumat ishlarida rasman ishtirok etishni nazarda tutmaydi. Shu bilan Ikan o‘z biznesini ham davom ettira oladi.
O‘z navbatida Ikan Tramp taklifiga o‘z roziligini bildirgan.

«Men saylangan prezident Trampga boshqaruv tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha maxsus maslahatchi sifatida xizmat qilishdan faxrlanaman», — deb bayonot bergan Ikan.
Umuman, Ikan shu paytga qadar, Trampning avvalgi oylardagi ishlarida norasmiy maslahatlar berib turgan. Ayni vaqtda, 80 yoshli milliarder Tramp qarorgohi bilan hamkorlik qilib, AQSh Qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha federal komissiya rahbarligiga nomzod qidirishda yordam bermoqda.
Ikan Icahn Enterprises xolding asoschisi va bosh aksiyadori hisoblanadi. Ushbu xolding Amerikaning ko‘plab kompaniyalarining aksiyalarini nazorat qiladi. Uning boyligi 15,5 mlrd dollar hisoblanadi.
Bundan avval, Donald Tramp milliarder va tadbirkor Vinsent Violani armiya vaziri lavozimiga taklif qilgan edi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020