Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘pkasi yo‘q" haydovchi Qozon aeroportida "hunar ko‘rsatdi"
Internetda VAZ-2115 mashinasining 40 yoshli haydovchisi mashinasida Qozon aeroporti terminaliga kirib borib, uni kesib o‘tgani videosi paydo bo‘ldi. Videoni voqea guvohlaridan biri tvitterda joylashtirgan.
Voqea 21 dekabr soat 23.00larda yuz bergan. "O‘pkasi yo‘q" haydovchi shlagbaumni buzib o‘tib, avtoturargohga kirib, so‘ngra panjaraga urilgan va bu ham yetmagandek aeroportning kutish zaliga kirib borgan. U terminalning u yog‘idan bu yog‘igacha kesib o‘tib, yo‘lida uchragan ustunlarni va suv quvurini shikastlab, terminalning narigi tomonidan chiqqan.
Ma'lum qilinishicha, haydovchi yetkazgan zarar 6 mln rublga baholangan.
Mavzuga oid
19:28 / 22.12.2025
Toshkent va Qozon o‘rtasida poyezdlar harakati tiklandi
13:53 / 14.11.2025
Toshkentdan Qozonga muntazam yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
11:07 / 04.11.2025
Uzbekistan Airways reyslari Ufa o‘rniga Qozonga yo‘naltirildi
09:51 / 20.01.2025