Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Moldaviyaning saylangan prezidenti Dodon lavozimiga kirishadi
Moldova respublikasining yangi saylangan prezidenti Igor Dodonning inauguratsiya marosimi 23 dekabr kuni Respublika saroyida bo‘lib o‘tadi. Moldovada prezidentlik saylovining ikkinchi turi 13 noyabrda bo‘lib o‘tgan, unda, MSK ma'lumotlariga ko‘ra, Sotsialistlar partiyasi nomzodi Igor Dodon 52,11 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi.
Respublikaning beshinchi prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimi avvalgi rahbarlarning qasamyod qilish marosimidan birmuncha farq qiladi. Sotsialistlar partiyasi deputati Andrey Negutsaning RIA Novosti agentligiga ma'lum qilishicha, yangi prezident qasamyod qilishdan avval xalqqa murojaat qiladi.
Dodon bu murojaatida prezidentlik lavozimidagi rejalariga to‘xtaladi. "Tantanali qasamyod qilish marosimi deputatlar va Konstitutsiyaviy sud a'zolari ishtirokida bo‘lib o‘tadi", — degan Negutsa.
Dodonning inauguratsiyasi bilan amaldagi prezident Nikolay Timofti vakolatlari poyoniga yetadi. U 2012 yil martidan buyon respublikaga rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
15:16 / 21.02.2026
Ukraina va Moldovada qator qotilliklarni tayyorlagan guruh fosh etildi
11:44 / 30.01.2026