Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh bilan kelajakdagi munosabatlariga darz ketishidan xavotirda
Xitoy davlat OAV Piter Navarroning AQShda savdo bo‘yicha milliy kengash raisi etib tayinlangani munosabati bilan o‘z xavotirini bildirmoqda, chunki Navarro bir paytlar Xitoyga nisbatan qat'iy siyosat yuritishga chaqirgan. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi.
"Navarro kabi muayyan shaxslarning noto‘g‘ri tushunchalari kelajakda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatishda Xitoyga qarshi ish berishi mumkin", - deyiladi China Daily nashrining ingliz tilidagi tahrirlangan maqolasida.
Xitoy savdo vazirligi vakillari AQSh va XXR o‘rtasidagi tovar aylanmasi ikki mamlakatga ham daromad keltirayotganini ta'kidlashmoqda hamda ba'zi qarorlar ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligidan Vashingtonni ogohlantirishmoqda.
Shuningdek Xitoy savdo vazirligining matbuot kotibi Shen Danyang "Qo‘shma Shtatlar xatolarni takrorlamaslik uchun ehtiyot bo‘lishi zarur"ligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
22:26 / 07.06.2026
Boshlovchi bilan aytishib ketgan Tramp intervyuni to‘xtatdi
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026