Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq HHK Mo‘sul aholisiga millionlab maktublarni tashladi
Iroq harbiy-havo kuchlari Mo‘sul shahri aholisiga dalda berish maqsadida 4 mln sahifani tashladi. IShID jangarilari tomonidan egallab olingan shaharni qaytarib olish uchun Iroq va AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma'lum qildi.
«Mo‘sul shahri aholisiga hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlari bitilgan maktublar Iroqning boshqa hududlaridagi fuqarolari tomonidan bitilgan. Ushbu tashabbus ikki yildan ortiqroq vaqtdan beri IShID tomonidan egallab olingan Mo‘sul aholisi yakkalanib qolmagani, ularni unutishmagani hamda Iroqning barcha aholisi shahar bilan qayta birlashishni kutayotganini anglatadi», — deyiladi Amerika qo‘mondonligi xabarida.
Ushbu kampaniya oktabr oyi o‘rtalarida boshlangan edi. Iroq aholisi turli dalda bo‘luvchi maktublarni yuborishgan va ular 4 mln nusxagacha ko‘paytirilgan.
Ta'kidlanishicha, Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha harbiy amaliyot ikki oydan ko‘proq vaqtdan beri davom etmoqda.