Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerri AQShning Suriyada muvaffaqiyat qozona olmaganini tan oldi
AQSh davlat kotibi Jon Kerrining fikricha, mamlakat hukumatining Suriya mojarosiga siyosiy yo‘l bilan barham berish bo‘yicha diplomatik choralari foyda bermagan. Bu esa, uni hayron qoldirmoqda, deya bayonot bergan davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi.
"Agar siz davlat kotibidan bu haqda so‘rasangiz, u bizning Suriyada qayerda ekanimizdan hayron ekanini aytadi. U, bizning siyosiy o‘tishga erishish hamda suriyaliklarning ovozi e'tiborga olinadigan, yagona, yanada xavfsiz va yaxshiroq Suriyani barpo etish bo‘yicha diplomatik sa'y-harakatlarimiz ish bermaganini aytadi", — degan Kirbi matbuot brifingida.
Shu bilan birga, Kirbining qayd etishicha, Kerri kelayotgan haftalarda ushbu yo‘nalishdagi harakatlarini davom ettiradi.
AQShning amaldagi ma'muriyati 20 yanvar kuni o‘z vakolatini Donald Tramp yetakchiligidagi yangi hukumatga topshiradi.