Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozon aeroporti terminalida mashinada "sayr qilgan" shovvoz qo‘lga olindi
Qozon aeroporti terminaliga giyohvand modda iste'mol qilgan holatda VAZ-2115 avtomobilida bostirib kirgan haydovchi 15 sutkaga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqida 23 dekabr, juma kuni "Interfaks" nashri xabar berdi.
"Kecha kechqurun sud qonunbuzarni 15 sutkaga ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror chiqardi", - dedi agentlik suhbatdoshi. Shuningdek u haydovchining yonidan 3,9 grammli giyohvand moddasi topilganini qo‘shimcha qildi.
Matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, unga qarshi "yo‘l harakati qoidalariga bog‘liq ma'muriy qonunbuzarliklarga doir 20 protokol va giyohvand moddalarni noqonuniy saqlashga oid ikki ma'muriy protokol" tuzilgan.
Privoljskiy transport prokuraturasi saytida berilgan ma'lumotga ko‘ra, bundan avval haydovchiga nisbatan ikki jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U hukumat vakiliga nisbatan zo‘ravonlikni qo‘llash tahdidi (RF JK 318-modda ) va birovning mol-mulkini qasddan yo‘q qilishda (167-modda) ham gumon qilinmoqda.
Manbaga ko‘ra, voqea 21 dekabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Avtomobilni Naberejnyye Chelny shahrining 40 yoshli fuqarosi boshqarayotgan bo‘lgan. Yershov ko‘chasida uni huquq-tartibot organlari xodimlari to‘xtatishga harakat qilishgan, lekin u bunga bepisand munosabat bildirib, to‘g‘ri aeroportga qarab yo‘l olgan. VAZ terminal binosiga ko‘plab ziyon yetkazib, suv ta'minoti quvurini ishdan chiqargan. Shovvoz aeroportga 6 million rubldan ortiq summaga zarar yetkazgan.