Jahon | 17:30 / 23.12.2016
17270
1 daqiqa o‘qiladi

Liviya samolyotini olib qochgan shaxs nima talab etayotgani ma'lum bo‘ldi

Liviyaning Afriqiyah Airways aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotini Seba shahridan Tripoliga uchayotganida garovga olib, Maltaga olib ketib qo‘ndirgan shaxs o‘z talabini ma'lum qildi.

Bortida 118 kishi bo‘lgan samolyotni garovga oluvchi "Al-Fatih al-Jadid" guruhi a'zosi ekanini ma'lum qilgan va Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Sayfulslomni qamoqdan ozod qilish talabini qo‘ygan.

U shu talabi bajarilsagina, yo‘lovchilarni qo‘yib yuborishga rozi.

2015 yilda Liviya sudi Sayfulislomni o‘lim jazosiga mahkum qilgani haqida xabar berilgandi. 2016 yilning 26 mayida u hali sud qilinmagani haqida xabar paydo bo‘ldi.

Mavzuga oid