Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiyning öğillaridan biri Sayf al-Islom Qazzofiy öldirib ketildi.
Siyosatçining atrofidagilar Sayf al-Islom Qazzofiy Tripolidan 160 km janubi-ğarbda joylaşgan az-Zintan şahridagi uyiga bostirib kirgan tört nafar qurolli şaxs bilan «töğridan töğri töqnaşuv» çoğida halok bölganini aytişgan. Kiçik Qazzofiyning maslahatçisi mahalliy televideniyega bergan intervyusida bosqinçilar kuzatuv kameralarini öçirib qöyişgani va Sayf al-Islomni öldirişganini aytib bergan.
Bu ma’lumotni Liviya sobiq rahbari öğlining advokati Marsel Çekkaldi ham AFP naşriga tasdiqlagan. Uning sözlariga köra, hozirça qotillik ortida kim turgani va hujum qilganlarning motivlari nimada bölgani ma’lum emas, ammo advokatning sözlariga köra, bundan 10 kunça muqaddam kiçik Qazzofiyning yaqin safdoşlaridan biri unga «xavfsizlik böyiça muammolar» haqida aytgandi.
Liviya naşrlariga köra, Qazzofiy öz uyi yonidagi boğda otib ketilgan.
Ayrim manbalar esa u ikki qurolli guruhning özaro otişmasi çoğida halok bölgani, bu guruhlardan biri Qazzofiyni qölga olişga harakat qilgani haqida xabar tarqatgan.
Sayf al-Islom Qazzofiy kim edi?
Muammar Qazzofiyning ikkinçi öğli otasining boşqaruvi davrida heç qanday rasmiy lavozimni egallamagan bölsa-da, mamlakatdagi eng katta ta’sirga ega şaxslardan biri hisoblangan.

U köp jihatdan Liviya taşqi siyosatini şakllantirgan hamda muhim va nozik diplomatik missiyalarda vositaçi bölgan.
Xususan, Sayf al-Islom 2003 yilda Liviyaning ommaviy qirğin qurollaridan voz keçişi böyiça muzokaralar çoğida Liviya delegatsiyasiga rahbarlik qilgan. Şuningdek, u 1988 yilda Şotlandiyaning Lokerbi şahri ustida Pan American samolyoti portlaşi oqibatida halok bölganlarning oilalariga tovon puli undiriş böyiça muzokaralarda qatnaşgan – tergov portlaşga Liviya rahbariyati aloqadorligini körsatgandi. Tripoli yakunda har bir qurbon uçun (aviahalokat oqibatida jami 270 kişi halok bölgan – samolyotdagi 259 va yerdagi 11 kişi) ularning oilalariga 10 mln dollardan tovon puli tölab beradi, buning evaziga Liviyaga qarşi iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinadi.










