Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Ukrainaga 2017 yildagi harbiy yordam miqdori ma'lum qilindi
Qo‘shma Shtatlar prezidenti mamlakatning 2017 moliya yili uchun harbiy byudjyeti qonunini imzoladi.
AQSh rahbari Barak Obama tomonidan imzolangan qonun Ukrainaga 350 million dollargacha harbiy ko‘mak ajratishni nazarda tutadi.
Hujjat matnida ta'kidlanishicha, Kiyev talablari va unga yetkazib beriluvchi pullar hajmi Pentagon rahbari tomonidan hal etilishi lozim. Yakuniy qaror esa prezident tomonidan qabul qilinadi.
Pentagon Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun avvaliga ushbu mablag‘dan 175 million dollarni ishlatishi mumkin, xolos. Qolgan pullar esa mudofaa vaziri va davlat kotibi Kongressni “Ukraina hukumati mudofaa sohasini isloh qilish bo‘yicha jiddiy qadamlarni amalga oshirgani” haqida xabar etgach, sarflanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Obama tomonidan imzolangan qonun Pentagonga “Rossiya Federatsiyasining Qrim ustidan boshqaruvini tan olishni nazarda tutuvchi” moliyaviy faoliyat uchun byudjyet mablag‘larini ishlatishni taqiqladi.