Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi: Tramp amerikaliklar ustiga mazg‘ava to‘kmoqda
AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol saylangan prezident Donald Trampni amerikaliklar “ustiga mazg‘ava to‘kishda” aybladi. Diplomat bunday bayonot bilan o‘zining Twitter’dagi sahifasida chiqqan.
“Demak, saylangan prezident endilikda... amerikaliklar ustiga mazg‘ava to‘kish bilan mashg‘ul. Aqlga sig‘dirish qiyin bo‘lgan mislsiz hodisa. Respublikachilar nima deydi?”, - deya savol bergan sobiq elchi.
AQShning saylangan prezidenti 23 dekabr kuni Rossiya rahbari Vladimir Putinning so‘zlari bilan qo‘shilgandi. Putin Hillari Klinton va Demokratik partiya davlat rahbari uchun bo‘lgan saylovlardagi mag‘lubiyatni qabul qila olmayotgani haqida aytib o‘tgan.