Jahon | 13:47 / 25.12.2016
7944
1 daqiqa o‘qiladi

Air Canada samolyotida yo‘lovchi bolada yurak xuruji yuz berdi

Illyustrativ surat

Air Canada aviakompaniyasining  Toronto-London reysini amalga oshirayotgan samolyoti 10 yoshli qizchaning yuragi bilan muammolar yuz bergani sababli Irlandiyada favqulodda qo‘nishiga to‘g‘ri keldi, deb xabar bermoqda RTE telekanali. 

Samolyotning kelishini yerda shifokorlar kutib turishgan. Qizcha tezlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq uni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan. Ma'lum qilinishicha, qizchaning yuragi urishdan to‘xtab qolgan. 

Aviakompaniya qizchaning vafot etganini tasdiqlagan.
 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid