Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:24 / 25.12.2016
6494
1 daqiqa o‘qiladi
AQShdagi otishmada 4 kishi halok bo‘ldi
Foto: Google image
AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi Uilson shahridagi otishmada 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, otishma 24 dekabrda shaharning sharqiy qismida yuz bergan. Ayni vaqtda huquq-tartibot muassasalari qurbonlar shaxsini aniqlashmoqda va ularning oilalarini voqeadan xabardor qilishmoqda.
Jinoyat tafsilotlari haqida hech narsa ma'lum qilinmagan. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, otishma yuz bergan hudud aholisi uni ancha osoyishta hudud deb biladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish