Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy yana bir yulduz futbolchini chorlamoqda
«PSJ»ning argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariya ham faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin.
Fransiyadagi L'Equipe nashri ma'lumotiga ko‘ra, xitoyliklar jamoasi vakillari futbolchi hamda uning agenti Jorjye Mendesh bilan aloqaga chiqqan.
Bundan oldingi xabarlarda, parijliklar jamoasi bosh murabbiyi Unay Emeri Anxelning oxirgi uchrashuvlardagi harakatlaridan qoniqish bildirmayotgani aytilgandi.
24 dekabr kuni esa parijliklar «Volfsburg» yarim himoyachisi Drakslerni xarid qildi.
O‘z vaqtida «Real»da yulduzlik onlarini boshdan kechirgan argentinalik futbolchi «PSJ»ga 2015 yilning yozida «Manchester Yunayted» safidan o‘tgan. Joriy mavsumda ushbu 28 yoshli futbolchi Fransiya chempionatida 15 uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi va 5ta golga hammualliflik qildi.
Mavzuga oid
14:09
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Inter», «Bavariya» va «PSJ» raqiblarini yo‘q qilmoqda
05:08 / 21.01.2026
«Siti» yana yutqazdi, «Real» 6 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
12:24 / 27.11.2025