Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin 26 dekabrni Rossiyada motam kuni deb e'lon qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tu-154 samolyoti halokati tufayli 26 dekabrni mamlakatda motam kuni deb e'lon qildi. U "Rossiya 24" telekanali efirida shu haqida ma'lum qildi.
"Ertaga Rossiyada umummilliy motam kuni deb e'lon qilinadi", - dedi Putin.
Davlat rahbari Tu-154 halokati borasida puxta tergov ishlari olib borilishi va halok bo‘lganlarning oilalarini qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi. U mazkur halokat yuzasidan hukumatga davlat komissiyasini tuzish vazifasini topshrigani haqida ma'lum qildi. Uni transport vaziri Maksim Sokolov boshqaradi. Shuningdek Vladimir Putin yana bir bor halok bo‘lganlarning yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi.
Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli Tu-154 samolyoti 25 dekabr kuni Adler aeroportidan Suriyaga parvoz qilgan. Ikki daqiqa o‘tgach, layner radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan. Samolyot qoldiqlari Qora dengizda, qirg‘oqdan 1,5 km masofada topilgan.
Havo kemasida 92 nafar kishi - 84 yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.
Hozirda fojia ro‘y bergan joyda qidiruv-qutqaruv amaliyoti o‘tkazilmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar 4 nafar jasadni topib, suvdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.
Tu-154 layneri halokatiga "texnik nosozlik" sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026