Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya elchisining qotilligi bo‘yicha muhim faktlar aniqlandi
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning Anqarada o‘ldirilishi bo‘yicha tergov teraktning muhim tafsilotlarini aniqladi, deb ma'lum qildi Turkiya ichki ishlar vaziri Sulayman So‘ylu.
So‘yluning aytishicha, tergov manfaatlari yo‘lida uning hozirgi bosqichida tergov detallarini oshkor qilish noto‘g‘ri bo‘ladi.
"Biz terrorchining ham Turkiya ichida, ham tashqarisidagi aloqalarini aniqlamoqchimiz. Bu bosqichda qotilning Fathulla Gulen terrorchilik oqimi bilan aloqasi borligi aniqlandi. Suiqasd – terrorchining shaxsiy istagi bo‘lmagan, u rejalashtirilgan bo‘lgan", deb aytdi vazir.
Uning aytishicha, Turkiyada 2015 yil 7 iyundagi parlament saylovlaridan keyin sodir etilgan teraktlar va Rossiya diplomatiga hujum o‘zaro bog‘langan va bir rejaning zanjiri hisoblanadi.
"Kurdiston ishchi partiyasi, Fathulla Gulen oqimi (FETÖ) va IShID – bu faqatgina katta o‘yindagi qurollardir", deb aytdi So‘ylu va Karlovning o‘ldirilishi Yaqin Sharqda tinchlikni ta'minlash bo‘yicha sa'y-harakatlarga to‘sqinlik qilishga urinayotgan kuchlar harakatlari hisoblanishini ta'kidlab o‘tdi.
"Turkiya va Rossiya bunday tuzoqlarga tushmaydi. Moskva tomonidan namoyish qilingan siyosiy istak bunga yaqqol tasdiq bo‘ladi va bu umid beradi. Men Rossiya va do‘stona Rossiya xalqiga yana bir bor hamdardlik bildiraman", deb o‘z so‘zlarini yakunladi turk vaziri.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026