Jahon | 18:14 / 25.12.2016
12032
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya AQShgacha uchib boradigan raketa yaratishi mumkinligi aytildi

Foto: Google image

2020 yilgacha Shimoliy Koreya AQShgacha uchib bora oladigan ballistik raketalar yaratishi mumkin. Janubiy Koreya milliy xavfsizlik strategiyasi instituti mutaxassislari shunday xulosaga kelishgan, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.    

Mutaxassislarning taxminicha, Shimoliy Koreya 2020 yilgacha AQSh hududigacha yetib bora oladigan qit'alararo ballistik raketa yaratadi. Ta'kidlanishicha, oxirgi vaqtda Shimoliy Koreyada yadroviy jangovar kallaklar soni ancha oshgan.  

"Shimoliy Koreya yadroviy dasturining jiddiyligi yadroviy jangovar kallaklar soni tezlik bilan oshganida hamda ularning o‘lchami kichrayishi va turfaligidan iborat. Shimoliy Koreya, ko‘rinishicha, 4- va 5-sinovlar davomida yadroviy qurolni kuchaytirish bilan birga yadroviy jangovar kallaklarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan", deyilgan hisobotda. 

Hujjatda aytilishicha, 5-sinovda zaryadning kuchi trotil ekvivalentida 10-20 kilotonnani tashkil qilgan, vaholanki 4-sinovda bu ko‘rsatkich 7,9 kilotonna bo‘lgan.

Shimoliy Koreya raketalar uchirishda ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga qaramasdan, u bu muammolarni hal qila oladi hamda suv osti kemalaridan ballistik raketalarni muvaffaqiyatli uchira oladi. Mutaxassislarning fikricha, bu vaqt masalasidir. Bunda AQShning nafaqat Shimoliy Koreyadagi, balki Yaponiyadagi bazalari ham xavf ostida qoladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid