Jahon | 19:24 / 26.12.2016
4481
1 daqiqa o‘qiladi

Anqara xalqaro koalitsiyadan Suriyada havodan qo‘llab-quvvatlashni so‘radi

Foto: Abdalrhman Ismail / Reuters

Turkiya hukumati AQSh yetakchiligidagi halqaro koalitsiyaga murojaat qilib, Suriyaning Al Bob shahrida jangovar harakatlar olib borayotgan turk harbiylarini havodan qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

«Xalqaro koalitsiya o‘z majburiyatini bajarishi lozim, ular Al Bob uchun kurashda bizga havodan yordam berishi kerak, — degan Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin. — Biz muhtoj bo‘lgan yordamni bermaslik mumkin emas».

Kalinning aytishicha, Turkiya armiyasi Suriya ozod armiyasi bilan hamkorlikda IShIDning 226 nafar jangarisini o‘ldirgan. 

Bir necha haftadan beri Al Bob uchun ayovsiz janglar davom etmoqda. Ushbu shahar uchun kurash «Furot qalqoni» amaliyoti doirasida amalga oshirilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad, Turkiya va Suriya chegara hududlarini IShID jangarilaridan ozod qilishdir. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid