Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShning yangi harbiy byudjyetidan jiddiy tashvishda
Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xua Chunin Pekin rasmiy Vashingtonga AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama tomonidan imzolangan mamlakatning harbiy byudjyeti yuzasidan o‘z noroziligini bildirgani haqida ma'lum qildi. Unda Tayvan bilan hamkorlik ham ko‘zda tutilgan. Bu haqda mahkama saytida xabar qilindi.
«Biz AQSh harbiy byudjyeti qonunidagi ushbu bandga keskin qarshimiz va amerika tomoniga tegishli murojaat yubordik. Ushbu qonun imzolanishidan norozimiz», - deyiladi Xua Chuninning bayonotida.
Mahkama vakilining ta'kidlashicha, Tayvan masalasi Xitoyning hududiy yaxlitligiga aloqador bo‘lib, byudjyetdagi ushbu band mamlakatning ichki ishlariga aralashuv va AQShning o‘z majburiyatlarini buzishidan o‘zga narsa emas.
«Biz amerika tomonini ushbu masala bo‘yicha o‘ziga olgan majburiyatlarini bajarishga, Tayvan bilan harbiy aloqalarni bas qilishga va qurol-yarog‘ni yetkazib berishni to‘xtatishga chaqiramiz. Bu xitoy-amerika munosabatlariga va Tayvan bo‘g‘ozida barqarorlik va tinchlikka jiddiy ziyon yetkazishi mumkin», - deya xulosa qildi Xua Chunin.
Avvalroq, rasmiy Pekin AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning «yagona Xitoy» siyosatini tanqid qilganidan so‘ng jiddiy tashvishda ekanini bildirgandi.
Mavzuga oid
13:30
AQSh chekinsa, Isroil yadroviy variantni tanlaydimi?
23:40 / 11.04.2026
AQSh-Eron muzokaralari “boshi berk ko‘cha”ga kirib qoldi - OAV
12:48 / 11.04.2026
Uchuvchi Eron tog‘larida: «Trampni qutqarish» operatsiyasi haqida
09:01 / 11.04.2026