Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda qit'alararo raketa sinovdan o‘tkazildi
Hindistonda Agni-V rusumli jangovar yadroviy kallakni elta oladigan qit'alararo raketa sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Times of India nashri yozmoqda.
Raketa Bengal ko‘rfazidagi Abdul Kalam orolida barpo etilgan poligondan uchirilgan. Hind harbiylarining uqdirishlaricha, raketa yeta olishi mumkin bo‘lgan eng uzoq masofaga uchirilgan (aniqlik kiritilmagan) va jangovar safga qo‘yiladigan namunada sinab ko‘rilgan.
Shu bilan birga, bu Agni-V raketasining to‘rtinchi marotaba sinab ko‘rilishidir. Ularning barchasi muvaffaqiyatli yakunlangan.
Agni-V raketasining aniq texnik xususiyatlari ma'lum emas. Uch bosqichli, qattiq yoqilg‘ida parvoz qiladigan raketaning uzunligi 17,5 metr bo‘lib, vazni 50 tonnaga yaqin. U 1,5 tonnalik foydali yukni elta oladi. Uchirish qurilmasi ko‘chma bo‘lib, Tatra avtomobili negizida barpo qilingan.
Hindiston harbiylarining so‘zlariga ko‘ra, Agni-V Xitoyning shimoliy tumanlariga yeta oladi. U 5500-5800 kmga yeta oladi, deb hisoblaniladi. Biroq, xitoylik ekspertlar, uni 8 ming kmga parvoz qila olishini taxmin qilishadi.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
08:55 / 23.05.2026
Dunyodagi eng yirik raketa yana fazoga parvoz qildi
21:32 / 20.05.2026