Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya NATO bilan aloqalarni tiklamoqchi
Rossiyaning NATOdagi doimiy vakili Aleksandr Grushko Bryussel bilan videoko‘prik orqali muloqotda Moskva NATO bilan harbiy aloqalarni tiklashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz agar NATO davlatlari harbiy sohadagi taranglikni kamaytirishdan haqiqatan ham manfaatdor bo‘lsalar, unda bunga erishishdagi vazifalardan biri harbiylar liniyasi bo‘yicha normal aloqalarni tiklash bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz. Rossiya bunga tayyor, Rossiya-NATO kengashining avvalgi yig‘ilishida ham harbiylarimiz bir qator takliflarni bayon qilgandilar", deb aytdi diplomat.
Grushko AQSh va Polsha tomonidan Sharqiy Yevropaga qanotli raketalarning yetkazib berilishi haqidagi kelishuv Yevropa xavfsizligiga eng salbiy ta'sir ko‘rsatishini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026